# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻruvchi sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/250 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish tartibidagi shikoyat (protest): ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)