# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/258 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)