# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/259 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlanadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)