# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/265 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish rad etilishi haqida koʻrsatadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)