MSK · 268-modda

268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar

Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi.

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.