# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 268-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/268 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)