MSK · 275-modda

275-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan chiqariladigan ajrim

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda koʻradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.