# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/280 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan eʼtiboran ijroga taqdim etilishi mumkin. Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)