# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 285-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/285 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi. Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan mablagʻlarni qaytarish uchun ijro varaqasi beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)