# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 287-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/287 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijro ishini yuritishni toʻxtatgan sud ijro ishini yuritishni uni toʻxtatishga asos boʻlgan sabablar yoki holatlar bartaraf etilgandan keyin undiruvchining, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha tiklaydi. Ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, uning koʻchirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat ijrochisiga yuboriladi. Ijro ishi yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)