# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 3-modda. Ushbu Kodeksning amal qilish sohasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeks fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda fuqarolarning va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalarga muvofiq ixtisoslashgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi hamda hal etiladi. Ushbu Kodeks maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)