MSK · 30-modda

30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida:

1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonun bilan oʻz vakolatlariga kiritilgan boshqa ishlarni ham birinchi instansiya sudi sifatida koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.