# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 40-modda. Taraflar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/40 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Arizachi va javobgar maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)