# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/47 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. Davlat organi va boshqa shaxsning oʻzi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)