# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 50-modda. Guvoh > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/50 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)