# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 52-modda. Ekspert > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/52 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki oʻzga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)