# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 58-modda. Vakillar orqali ish yuritish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/58 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi. Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)