# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 64-modda. Sudda vakil boʻla olmaydigan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/64 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi shaxslar sudda vakil boʻla olmaydi: 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno; 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; 5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)