# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 77-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/77 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. Sudga olib kelinishi mumkin boʻlmagan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. Sud va ashyoviy dalillarni saqlovchi ularni oʻzgarmaydigan holatda saqlash boʻyicha choralar koʻradi. Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)