# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/86 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)