MSK · 89-modda

89-modda. Dalillarni taʼminlash

Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblashga asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yurituviga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos qilishi mumkin.

Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.

Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 95-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.