MSK · 99-modda

99-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart:

1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda;

2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa;

3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.