# Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks — 99-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MSK/99 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishi shart: 1) mazkur ishni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha sud, jinoyat ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MSK)