# Oila kodeksi — 100-modda. Ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment toʻlashi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/100 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berishi shartdir. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona oʻrtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)