# Oila kodeksi — 107-modda. Bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalar uchun aliment undirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/107 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)