# Oila kodeksi — 116-modda. Aliment toʻlashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/116 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslar ushbu Kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ota-onasiga moddiy yordam berish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)