# Oila kodeksi — 117-modda. Er-xotinning bir-biriga taʼminot berish majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va oʻrtada bola tugʻilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida, oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan oʻrtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan er (xotin) yordam berishga qodir boʻlgan xotindan (erdan) sud tartibida taʼminot (aliment) olish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)