OK · 125-modda

125-modda. Aka-uka va opa-singillarning voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz aka-uka va opa-singillariga taʼminot berish majburiyati

Ota-onasi yoʻq boʻlgan yoki ulardan taʼminot ololmaydigan voyaga yetmagan aka-uka va opa-singillariga taʼminot berish majburiyati yetarli mablagʻga ega boʻlgan aka-uka va opa-singillar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aka-uka va opa-singillarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat aka-uka va opa-singillarning zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.