# Oila kodeksi — 126-modda. Doimiy tarbiyada boʻlganlarning oʻz tarbiyachilariga taʼminot berish majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/126 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmagan yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga taʼminot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va taʼminotida boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi. Sud tarbiyada boʻlganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va taʼminotida besh yildan kam turgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)