# Oila kodeksi — 131-modda. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvning shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/131 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi. Notarial tartibda tasdiqlangan aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)