OK · 143-modda

143-modda. Alimentni hisobga oʻtkazishga va qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi

Aliment qarshi qoʻyilgan boshqa talablar bilan hisobga oʻtkazilishi mumkin emas.

Alimentni qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

aliment oluvchi tomonidan yolgʻon maʼlumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish oqibatida aliment undirish toʻgʻrisida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

aliment oluvchi tomonidan aldash, qoʻrqitish yoki zoʻrlik taʼsiri ostida tuzilgan aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv haqiqiy emas deb topilganda;

aliment toʻlanishiga asos boʻlgan sudning hal qiluv qarori, aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir etilgan boʻlsa, aliment qaytarib olinmaydi, toʻlangan aliment summalari esa, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning daʼvosiga koʻra aybdor vakildan undiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.