# Oila kodeksi — 146-modda. Aliment miqdorini oʻzgartirish yoki aliment toʻlashdan ozod qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/146 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 18-bob. Alimentlarni toʻlash va undirish tartibi Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli oʻzgarsa, sud ulardan har birining talabiga koʻra alimentning belgilangan miqdorini oʻzgartirishga yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsni aliment toʻlashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini oʻzgartirishda yoki uni toʻlashdan ozod qilishda sud taraflarning eʼtiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli. Davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)