# Oila kodeksi — 147-modda. Aliment majburiyatlarining tugatilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/147 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining oʻlimi, mazkur kelishuv muddatining oʻtishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tugaydi. Sud tartibida undiriladigan aliment toʻlash: bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganda; foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj boʻlmay qolgan deb topganda; mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; aliment oluvchi yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs vafot etganda tugatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)