# Oila kodeksi — 148-modda. Yetim bolalarning va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/148 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 19-bob. Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va muqobil joylashtirish Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)