OK · 150-modda

150-modda. Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish

Oila kodeksi 19-bob. Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va muqobil joylashtirish Rasmiy manba (lex.uz)

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan (foster) oilaga) berilishi, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga (tarbiya, davolash, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga) tarbiyaga berilishi lozim.

Yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun muqobil joylashtirish masalasi hal boʻlguniga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlarining zimmasiga yuklatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.