# Oila kodeksi — 153-modda. Farzandlikka olishni sir saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/153 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota-onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan koʻchirmalar va boshqa maʼlumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan boʻlsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi. Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga hilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortiladilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)