# Oila kodeksi — 154-modda. Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega boʻlgan shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/154 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar: turar joyidan qatʼi nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari; farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs; aka-uka, opa-singillarni ular oʻrtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar; oʻgay ota va oʻgay ona; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)