# Oila kodeksi — 16-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/16 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nikoh tuzishga: loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida; nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida; loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)