# Oila kodeksi — 160-modda. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/160 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Farzandlikka olish quyidagi hollarda: ota-onaning kimligi nomaʼlum boʻlsa; ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa; ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa; ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)