OK · 174-modda

174-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash

Oila kodeksi 21-bob. Vasiylik va homiylik Rasmiy manba (lex.uz)

Vasiylik va homiylik voyaga yetmaganlarga nisbatan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori bilan, voyaga yetganlarga nisbatan esa tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.

Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.