# Oila kodeksi — 175-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/175 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, oʻzlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)