# Oila kodeksi — 196-modda. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/196 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnoma uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)