# Oila kodeksi — 197-modda. Tutingan (foster) oilaga olingan bolalarning huquqlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/197 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar: oʻzlariga tegishli boʻlgan aliment, shuningdek pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni olish; uy-joyga boʻlgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish; qonunchilikka muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar. Tutingan (foster) oilaga berilgan bolalar oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ham egadirlar. Bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda etishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)