# Oila kodeksi — 198-modda. Tutingan ota-ona > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/198 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona boʻlishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 152-moddasi birinchi qismining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar mustasno. Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tutingan ota-ona boʻlish istagini bildirgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi kerak. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)