# Oila kodeksi — 199-modda. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olgan shaxslarning javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/199 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 22-bob. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish Bolalarni tutingan (foster) oilaga olgan shaxslar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organi bolalarni tutingan (foster) oilaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)