OK · 20-modda

20-modda. Er va xotinning familiya tanlash huquqi

Nikoh tuzish vaqtida er va xotin oʻz xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha boʻlgan oʻz familiyasini saqlab qoladi.

Er va xotindan birining oʻz familiyasini oʻzgartirishi boshqasining ham familiyasi oʻzgarishiga olib kelmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.