# Oila kodeksi — 204-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlarini saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/204 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgach, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining idoraviy arxivlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ulardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlarini saqlash tartibi qonunchilikda belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)