# Oila kodeksi — 209-modda. Tugʻilish qayd etilganidan keyin otalik belgilanishi munosabati bilan oʻzgartishlar kiritish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/209 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ota-onaning arizasi, sudning hal qiluv qarori, otaning arizasiga asosan (ona vafot etganda, uning turar joyini aniqlashning imkoniyati boʻlmaganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onalik huquqidan mahrum qilinganda) tugʻilish dalolatnomasi yozilgan joyda tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga ota toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan otalik belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)