# Oila kodeksi — 210-modda. Farzandlikka olingan bolaning tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga oʻzgartishlar kiritish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/210 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga koʻra, tugʻilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi turgan joydagi fuqarolik holatlarini yozish organi tugʻilish toʻgʻrisidagi yozuvlar daftariga zarur oʻzgartishlar kiritadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)