# Oila kodeksi — 217-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etishning alohida hollari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/OK/217 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tergov hibsxonalarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd etish ushbu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/OK)